NUR

Zabur 56

Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytilgan. Dovudning Shouldan qochib, g‘orga kirganda aytgan qo‘shig‘i.

1Ey Xudo, rahm qilgin menga, rahm qil, Mening jonim Senda panoh topadi. Halokatli ofatlar o‘tib ketguncha Men qanotlaring soyasida panoh topaman.

2Yolvoraman Xudoyi Taologa, Men uchun qasos oluvchi Xudoga.

3Samodan najot yuborib, U meni qutqaradi, Meni toptaydiganlarni sharmanda qiladi. Xudo O‘z sevgiyu sadoqatini yuboradi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →