NUR
Mark 14
1Fisih ziyofatiga va Xamirturushsiz non bayramiga ikki kun qolgan edi. Bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari Isoni hiyla bilan tutib, o‘ldirish uchun fursat poylab yurgan edilar.
2Ular: “Biz bu ishni bayram kunlari qilmasligimiz kerak, aks holda xalq g‘alayon qilishi mumkin”, dedilar.
3Iso Baytaniya qishlog‘ida teri kasalligiga chalingan Shimo‘nning uyida mehmon bo‘lib o‘tirgan edi. Shunda bir ayol ganchdan yasalgan idishda toza, qimmatbaho sunbul moyi olib keldi. Idishni sindirib, moyni Isoning boshidan quydi.