NUR
Levilar 6
1Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi:
2agar birortangiz Egamizga xiyonat qilsangiz, ya’ni sizga omonatga berilgan yoki garovga qo‘yilgan narsa haqida qo‘shningizni aldasangiz, yoki qo‘shningizning biror narsasini o‘g‘irlasangiz, yoki tovlamachilik qilsangiz,
3yoki yo‘qolgan narsani topib olib, topmadim, deb aytsangiz, yoki qasam ichib turib yolg‘on guvohlik bersangiz, siz gunoh qilgan bo‘lasiz.