NUR

Yeremiyo 23

1Egamiz shunday demoqda: “Cho‘ponlar yaylovimdagi qo‘ylarni tarqatib yuboryaptilar, ularni yo‘q qilyaptilar. Bunday cho‘ponlarning holiga voy!”

2Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Ey xalqimni boqqan cho‘ponlar, sizlar qo‘ylarimni o‘z holiga tashlab qo‘ydingizlar. Ularni tarqatib, uzoqlarga qochirib yubordingizlar. Bu qilgan yovuz qilmishingiz uchun Men sizlarni o‘z holingizga qo‘ymay jazolayman.” Egamizning kalomi shudir.

3“Men qo‘ylarimni har xil yurtlarga haydab yuborgan edim. Endi O‘zim ularni yig‘ib olaman, o‘zlarining yayloviga olib kelaman. Ular barakali bo‘lib, ko‘payadilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →