NUR
Hakamlar 19
1Isroilda shoh bo‘lmagan o‘sha davrlarda Efrayim qirlarining kimsasiz joyida Levi qabilasidan bir odam yashardi. U Yahudo hududidagi Baytlahm shahridan bir cho‘rini o‘ziga xotin qilib oldi.
2Ammo xotini unga bevafolik qilib, otasining uyiga — Yahudodagi Baytlahmga qaytib ketdi. Oradan to‘rt oy o‘tdi.
3Levi esa u bilan yarashmoqchi bo‘lib, orqasidan bordi. U o‘zi bilan xizmatkori va bir juft eshagini olgan edi. Ular xotinining qizlik uyiga yetganlarida, levining qaynatasi ularni xursand bo‘lib qarshilab oldi.