NUR
Hakamlar 18
1Bu voqealar sodir bo‘lgan davrda Isroilda shoh yo‘q edi. Dan qabilasi Isroil qabilalari orasida o‘ziga ulush bo‘lib tushgan yerni hanuz qo‘lga kiritmagani sababli istiqomat qilish uchun joy qidirib yurgan edi.
2Bir kuni ular o‘z qabilasining jamiki urug‘lari orasidan beshta jangchini tanlab: “Boringlar, yurtni sinchiklab tekshirib chiqinglar”, — deya ularni Zorox va Eshtoyo‘l shaharlaridan jo‘natib yubordilar. Bu odamlar yo‘l yurib Efrayim qirlaridagi Mixoning uyiga kelib qolishdi va tunni o‘sha yerda o‘tkazishdi.
3Ular Mixoning uyida bo‘lganlarida yosh levini shevasidan tanib qolishdi–da, uning oldiga borib: — Bu yerga qanday qilib kelib qolding? Bu yerda nima qilib yuribsan? — deb so‘rashdi.