NUR

Xo'sheya 10

1Isroil gurkiragan, Hosildor tok kabidir. Ammo hosili ko‘paygani sari, U ko‘plab qurbongohlar qurdi. Yurti ravnaq topgani sari, Butsimon toshlariga zeb berdi.

2Ichi qora bu xalq endi ta’zirini yeydi. Xudo qurbongohlarini vayron qiladi, Butsimon toshlarini sindirib tashlaydi.

3Ko‘p o‘tmay ular aytishadi: “Biz Egamizdan qo‘rqmadik, Shuning uchun shohimizdan ayrilib qoldik. Ammo shohning qo‘lidan nima ham kelardi?!”

Nur ilovasida to'liq o'qish →