NUR
Ibtido 11
1Butun yer yuzida bitta til bo‘lib, hamma odamlar bir xil so‘zlashardilar.
2Odamlar sharqdan ko‘chib, Shinar yeridagi bir tekislikka keldilar va o‘sha yerda joylashdilar.
3Odamlar bir–birlariga: “Kelinglar, g‘isht quyib, yaxshilab pishiraylik”, dedilar. Shunday qilib, ular qurilish uchun g‘ishtdan, qorishma uchun qora saqichdan foydalanadigan bo‘ldilar.