NUR
Hizqiyo 6
1Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2“Ey inson, Isroil tog‘lariga yuzlan. Ularga qarshi shunday bashorat qil:
3Ey Isroil tog‘lari, Egamiz Rabbiyning so‘zlarini eshitinglar! Egamiz Rabbiy tog‘laru qirlarga, jarliklaru vodiylarga shunday deb aytmoqda: Men O‘zim sizlarga qarshi qilich yuboraman, butlarga atagan barcha sajdagohlaringizni vayron qilaman.