NUR

Hizqiyo 26

1Surgun bo‘lgan paytimizning o‘n birinchi yili, oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:

2“Ey inson, mana, Tir Quddus haqida shunday deb aytmoqda: Aha! Xalqlarning savdo darvozasi buzildi. Menga keng yo‘l ochildi. Endi u vayron bo‘lganda men boyib ketaman.”

3Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Ey Tir, Men senga qarshiman! Men ko‘plab xalqlarni senga qarshi yig‘aman, ular dengiz to‘lqinlari kabi senga yopiriladilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →