NUR

Ester 1

1Bu voqea Axashverash davrida bo‘lib o‘tgan edi. Axashverash Hindistondan Habashistongacha bir yuz yigirma yetti viloyat ustidan hukmronlik qilardi.

2Shoh Axashverash Shushandagi qal’ada shohlik taxtiga o‘tirgandan keyin,

3hukmronligining uchinchi yilida barcha vazirlari va saroy a’yonlari, Fors va Midiya shohliklarining bosh lashkarboshilari va zodagonlari, qo‘li ostidagi viloyatlarning hokimlari uchun ziyofat berdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →