NUR

Qonunlar 33

1Xudoning odami Muso o‘limidan oldin Isroil xalqini quyidagi so‘zlar bilan duo qildi:

2“ Egamiz Sinay tog‘idan O‘z xalqiga keldi, Seir yurti uzra quyoshday porladi, Poron tog‘idan nur sochdi. O‘n minglarcha farishta U bilan keldi, O‘ng qo‘lida otashin olov bor edi.

3Darhaqiqat, Egamiz O‘z xalqini sevadi, Unga bag‘ishlangan odamlarni himoya qiladi. Ular Egamizga ta’zim qiladilar, Undan ko‘rsatmalar oladilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →