NUR
Qonunlar 13
1Agar orangizda biror payg‘ambar yoki tush ta’birlovchi paydo bo‘lib: “Alomat yoki mo‘jiza ko‘rsataman”, deb aytsa,
2uning aytganlari bajo bo‘lsa, keyin u: “Yur, sen bilmagan boshqa xudolarga ergashaylik, ularga xizmat qilaylik”, desa,
3o‘sha payg‘ambar yoki tush ta’birlovchining so‘zlariga quloq solmanglar. Egangiz Xudo: “Qani bilay–chi, ular butun qalbi bilan, jonu dili bilan Meni sevadimi yoki yo‘qmi”, deb sizlarni sinayotgan bo‘ladi.