NUR

Amos 7

1Egamiz Rabbiy menga shunday vahiy ko‘rsatdi: Dehqonlar shoh saroyi uchun bug‘doy o‘rib olganlaridan keyin, kechki ekinlar unib chiqishni boshlabdi. Shu paytda Egamiz gala–gala chigirtkalarni paydo qildi.

2Chigirtkalar yer yuzida ko‘karib turgan hamma narsani yeb bitirishibdi. Shunda men yolvordim: “Ey Egam Rabbiy, o‘tinaman, gunohimizdan o‘t! Yoqub nasli bunga bardosh bera olarmidi?! O‘zi kichkina bir xalq bo‘lsa!”

3Egamiz shaxtidan qaytdi: “Bunday qilmayman”, deb aytdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →