NUR
Havoriylar 19
1Apollos Korinfda ekan, Pavlus qirlar bo‘ylab yo‘l yurib, Efesga keldi. Bu yerda u bir necha imonli birodarni topdi.
2Pavlus ulardan: “Imonga kelganlaringizda, Muqaddas Ruhni qabul qildingizlarmi?” deb so‘radi. Ular: “Yo‘q, biz Muqaddas Ruh borligini hatto eshitmaganmiz”, deb javob berdilar.
3“Unday bo‘lsa, qay asosda suvga cho‘mdirildingizlar?” deb so‘radi Pavlus. “Yahyoning ta’limotiga ko‘ra suvga cho‘mdirildik”, deb javob berdi ular.