NUR

2 Shohlar 24

1Isroil xalqiga Egamiz yana g‘azabini sochdi. Egamiz xalqqa zarar yetkazmoqchi bo‘lib, aholini ro‘yxat qilishga Dovudni majbur etdi: “Qani, Isroil va Yahudo xalqini sanab chiq”, dedi.

2Shoh yonida turgan lashkarboshisi Yo‘abga shunday buyruq berdi: — Isroilning hamma qabilalarini — Dandan Bershevagacha bo‘lgan joylarni kezib, xalqni sanab chiqinglar, toki qancha aholi borligini men bilayin.

3Lekin Yo‘ab shunday dedi: — Egangiz Xudo xalqning hozirgi sonini yuz karra ko‘paytirsin, shoh hazratlari ham o‘sha kunlarni ko‘rsin! Shohim nimaga shuni istab qoldilar?

Nur ilovasida to'liq o'qish →