NUR
2 Shohlar 14
1Shoh Dovud Absalomni sog‘inayotganini Yo‘ab bildi. U bittasini Taxuva shahriga yuborib, u yerda yashaydigan bir donishmand ayolni oldirib keldi. Yo‘ab o‘sha ayolga: — Sendan bir iltimosim bor, — dedi. — Motamsaro qiyofaga kirib, azali kiyimlaringni kiyasan. Pardoz qilma, o‘zingni xuddi marhumga anchadan beri aza tutayotgan ayolday ko‘rsat.
2Men senga nima aytsam, shoh huzuriga borib, unga yetkazasan. Keyin Yo‘ab ayolga nimalar aytishi lozimligini o‘rgatdi.
3Taxuvalik ayol shoh huzuriga yo‘l oldi. Uning huzuriga borib, muk tushib ta’zim qildi–da: — Ey, shohim, yordam bering! — dedi.