NUR
4 Shohlar 7
1Elishay aytdi: — Egamizning so‘zini eshitinglar: U shunday demoqda: “Ertaga xuddi shu paytda Samariya darvozasi oldida yarim tog‘ora yaxshi un bir kumush tangadan, bir tog‘ora arpa ham bir kumush tangadan sotiladi.”
2Shohning eng yaqin amaldori shu yerda edi. U Elishayga: — Hatto Egamiz osmonning qopqasini ochib, yomg‘ir yog‘dirganda ham shunday bo‘lmas–ov, — dedi. Shunda Elishay: — Sen ko‘zing bilan ko‘rasan, lekin senga nasib qilmaydi, — dedi.
3Shu vaqtda shahar darvozasi tashqarisida teri kasalligiga chalingan to‘rtta odam o‘tirib: “O‘limimizni kutib, shu yerda o‘tiraveramizmi?!” deb bir–biriga gapirdi.