NUR
2 Solnomalar 23
1Yettinchi yili ruhoniy Yohayido qo‘rqmay harakatga tushdi. U quyidagi yuzboshilar bilan ahd qildi: Yeroxam o‘g‘li Ozariyo, Yohuxanon o‘g‘li Ismoil, Obid o‘g‘li Ozariyo, Odayo o‘g‘li Masiyo va Zixri o‘g‘li Elishafat.
2Ular Yahudo yurtini kezib chiqdilar, Yahudoning hamma shaharlaridan levilarni va Isroil urug‘boshilarini yig‘ib, Quddusga olib keldilar.
3Kelganlarning hammasi Xudoning uyiga yig‘ilib, o‘sha yerda shoh bilan ahd qildilar. Yohayido ularga shunday dedi: “Mana shohning o‘g‘li! Egamizning Dovud o‘g‘illari haqida bergan va’dasiga muvofiq, bu o‘g‘il hukmronlik qilsin.