NUR
1 Shohlar 23
1Dovudga: “Filistlar Keylax shahriga hujum qilib, hosilni talon–taroj qilyapti”, deb xabar berishdi.
2— Borib o‘sha Filistlar bilan urishaymi? — deb Egamizdan so‘radi Dovud. — Bor, Filistlar bilan urishib, Keylax shahrini xalos et, — dedi Egamiz.
3Lekin Dovudning odamlari: — Biz shu yerda — Yahudoda qo‘rqamizu, Keylaxga borib, Filist lashkariga qarshi urishmoqqa bizda jur’at bormidi?! — deyishdi.