NUR

1 Solnomalar 22

1Dovud shunday dedi: “ Egamiz Xudoning uyi ham, Isroil xalqi qurbonliklar kuydiradigan qurbongoh ham shu yerda bo‘ladi.”

2Dovud Isroil yurtidagi barcha musofirlarni bir joyga to‘plattirdi. Ulardan ba’zilarini Egamizning uyini qurish uchun tosh kesib yo‘nadigan sangtaroshlar qilib tayinladi.

3Dovud yog‘och darvozalar uchun oshiq–moshiq va mixlar yasagani ko‘p miqdorda temir saqlab qo‘ydi. Bronza ham shunchalik ko‘p ediki, hech kim uning hisobiga yeta olmasdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →