NUR
Zakariyo 5
1Men yana tepaga qarab, uchayotgan o‘rama bir qog‘ozni ko‘rdim.
2Farishta mendan: — Nima ko‘ryapsan? — deb so‘radi. Men: — Uchib ketayotgan o‘rama bir qog‘ozni ko‘ryapman, uning uzunligi yigirma tirsak, eni esa o‘n tirsak, — deb javob berdim.
3Shunda u menga dedi: — Bu qog‘ozga butun yurt ustiga keladigan la’nat yozilgan. O‘g‘irlik qilganlar bir tomondagi yozuvga ko‘ra, yolg‘on qasam ichganlar esa ikkinchi tomondagi yozuvga ko‘ra, yurtdan yo‘q qilinadi.