NUR
Zakariyo 4
1Men bilan gaplashgan farishta qaytib kelib, xuddi meni uyqudan uyg‘otganday qilib turg‘izdi.
2U mendan: — Nima ko‘ryapsan? — deb so‘radi. Men shunday javob berdim: — Tilladan yasalgan bir chiroqpoyani ko‘ryapman, uning ustida moy uchun bir tovoq turibdi. Chiroqpoyada esa yettita chiroq turibdi. U chiroqlarning har birida yettita jo‘mrak bor.
3Chiroqpoyaning oldida ikkita zaytun daraxti bor. Bu daraxtlarning biri chiroqpoyaning o‘ng tomonida, ikkinchisi esa chap tomonida turibdi.