NUR

Qo'shiqlar qo'shig'i 7

1Qaytgin, qaytib kelgin, ey Shulamlik qiz! Qaytib kel, seni yana bir bor ko‘raylik. Nima uchun bu Shulamlik qizga qaraysizlar?! U ikki qator qizlar orasida raqsga tushyaptimi?!

2Ey malikaga o‘xshagan qiz! Kafsh kiygan oyoqlaring qanday chiroyli! Dumaloq sonlaring javohirlarday, Xuddi mohir ustaning qo‘li bilan ishlanganday!

3Doimo xushbo‘y sharobga to‘la bo‘lgan, Dum–dumaloq kosadaydir sening kindiging. Yumaloq qorning esa nilufarlar bilan o‘ralgan, Tillarang bug‘doy uyumi kabidir.

Nur ilovasida to'liq o'qish →