NUR

Qo'shiqlar qo'shig'i 1

1Sulaymonning eng go‘zal qo‘shig‘i. O‘pgin meni lablaring bilan, Sening sevging sharobdan ham shirinroqdir.

2Atir moylaring qanchalik xushbo‘y! Yoqimli atir kabi noming har tarafga taralar. Shuning uchun qizlar seni sevarlar.

3Meni o‘zing bilan olib ket, tezroq boraylik. Ey shohim, meni o‘z yotog‘ingga olib kirgin. Ey shohimiz, biz quvonamiz. Siz bilan sevinamiz, Sharobdan ham ko‘proq sizning sevgingizni maqtaymiz. Ey sevgilim! Qizlar seni sevib, to‘g‘ri qilishadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →