NUR
Rimliklarga 8
1Iso Masihga tegishli bo‘lganlar endi hukm qilinmaydilar.
2Hayot ato etuvchi Ruhning qonun –qoidasi Iso Masih orqali meni gunohdan va o‘limga yetaklaydigan qonundan ozod qildi.
3Inson Xudoning qonunini bajara olmagani uchun qonun ta’sirsiz bo‘lib qoldi. Qonun insonni gunohdan qutqara olmagani uchun Xudoning O‘zi bu ishni qildi. Xudo O‘z O‘g‘lini gunohkor insonga o‘xshatib, bu dunyoga yubordi. Shu yo‘sin, Xudo inson orqali gunohni mahkum qildi.