NUR
Vahiy 6
1Keyin men Qo‘zining yetti muhrdan birini yechganini ko‘rdim. O‘sha paytda to‘rtta jonli mavjudotdan biri momaqaldiroqqa o‘xshash ovoz bilan: “Kel!” — deb aytganini eshitdim.
2Shunda men bir oq otni ko‘rdim. Ot ustida kamoni bor suvori o‘tirardi. Unga bir toj berildi. U bosqinchi bo‘lib, dushmanlarini bosib olish uchun yo‘lga chiqdi.
3Qo‘zi ikkinchi muhrni yechganda, men ikkinchi mavjudotning: “Kel!” — deb aytganini eshitdim.