NUR

Vahiy 3

1“Sardisdagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: Xudoga xizmat qiladigan yetti ruhni Boshqaruvchi, qo‘lida yetti yulduzni Tutguvchi shunday demoqda: sening ishlaringni bilaman. Seni tirik deyishadi, ammo o‘liksan.

2Sening ishlaring Xudoyim nazarida tugal emasligini bildim. Uyg‘on! Jamoating nobud bo‘lmoqda. Imonini saqlab qolganlarga qo‘shilib, jamoatingni mustahkamla.

3Nima eshitib o‘rgangan bo‘lsang eslagin. O‘shalarga rioya qilgin. Gunohlaringdan tavba etgin. Agar uyg‘onmasang, Men ustingga o‘g‘riday bostirib kelaman. Sen esa qaysi soatda kelishimni bilmaysan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →