NUR
Vahiy 19
1Bundan keyin men osmondagi katta olomonning g‘ala–g‘ovuriga o‘xshash baland ovozlarni eshitdim: “Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Najot, ulug‘vorlik va qudrat Xudoyimizga tegishlidir.
2Zotan U to‘g‘ri va adolatli hukm qiladi. Yer yuzini fahsh–zino ila bulg‘agan o‘taketgan fohishani U mahkum etdi, Undan O‘z qullarining xunini oldi.”
3Olomon yana shunday deb hayqirdi: “Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Bobildan to abad burqirab tutun chiqadi.”