NUR

Vahiy 18

1Bundan keyin men osmondan tushib kelayotgan boshqa bir farishtani ko‘rdim. Unda buyuk hokimiyat bor edi. Uning ulug‘vorligidan yer yuzi yorishib ketdi.

2U qattiq hayqirib, shunday dedi: “Vayron bo‘ldi! Buyuk Bobil vayron bo‘ldi! U jinlarning makoni, har turli yovuz ruhning panohi, Har qanday harom va jirkanch qushning uyasi bo‘lib qoldi. Axir, barcha xalqlar Bobilning Shahvoniy hirsi sharobidan ichgandi.

3Yer yuzi shohlari u bilan zino qilgandi, Yer yuzi savdogarlari Uning cheksiz shahvati tufayli boylik orttirgandi.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →