NUR
Vahiy 1
1Mazkur kitobda Iso Masihning vahiysi bayon etilgan. Yaqin orada yuz beradigan hodisalarni Xudo O‘z qullariga ayon qilish uchun bu vahiyni Iso Masihga berdi. Iso Masih O‘z farishtasini quli Yuhannoning oldiga yuborib, ushbu vahiyni ko‘rsatdi.
2Yuhanno Xudoning kalomi va Iso Masihning shahodati to‘g‘risida nimalar ko‘rgan bo‘lsa, hammasi haqida guvohlik bermoqda.
3Ushbu bashorat so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qiyotgan odam baxtlidir. Uni tinglab, kitobda yozilganlarga amal qiluvchilar baxtlidir. Axir, bu hodisalarning vaqt–soati yetdi.