NUR
Zabur 91
Sano. Shabbat kuni aytilgan qo‘shiq.
1Ey Egam, Senga shukr aytmoq yaxshidir, Ey Xudoyi Taolo, Senga hamdu sano kuylamoq yaxshidir.
2E’lon qilmoq yaxshidir subhda sodiq sevgingni, E’lon qilmoq yaxshidir kechalari sadoqatingni.
3Yaxshidir aytmoq bularni musiqa chalib O‘n torli asbobda, lirada, arfa jo‘rligida!