NUR
Zabur 68
Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytilgan. Dovud sanosi.
1Ey Xudo, meni O‘zing qutqar, Suvlar bo‘g‘zimga qadar ko‘mdi.
2Botqoqqa cho‘kib borayotirman, Oyog‘imni qo‘ygani qattiq yer yo‘q. Chuqur suvlarga botib ketdim, Endi to‘lqinlar meni yutmoqda.
3Madad so‘rab, sillam quridi, Tomoqlarim qaqrab ketdi, Ey Xudoyim, Seni kutib, ko‘z nurim so‘ndi.