NUR

Zabur 67

Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qo‘shiq.

1Qo‘zg‘alsin Xudo, tarqalib ketsin dushmanlari, Oldidan qochib ketsin Undan nafratlanganlar.

2Tutunni shamol tarqatgani kabi Xudo ularni haydab yuborsin. Mum olovda erigani kabi Xudo oldida fosiq halok bo‘lsin.

3Solihlar esa xursand bo‘lsin, Xudo oldida shod bo‘lsin, Ular xursandlikka to‘lib–toshsin.

Nur ilovasida to'liq o'qish →