NUR

Zabur 54

Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida. Dovud qasidasi.

1Ibodatimga quloq sol, ey Xudo, Iltijoimni e’tiborsiz qoldirma.

2Eshit meni, javob ber, Dushmanlarim dag‘dag‘asi, fosiqlarning siquvi Boshimga g‘am–kulfat keltiradi. Ular g‘azablanib, mendan nafratlanadi. Eh, o‘ylarim qiynar meni, Boshimdan uchgan aqlim.

3Yuragim hasratga to‘ladir, O‘lim vahimasi meni bosib keladir.

Nur ilovasida to'liq o'qish →