NUR
Zabur 47
Ko‘rax naslining sanosi. Qo‘shiq.
1Egamiz buyukdir! Egamizning shahrida, Ha, O‘zining muqaddas tog‘ida Egamiz madhiyalarga loyiqdir!
2Xudoning muqaddas tog‘i yuksak va go‘zaldir, Butun yer yuziga shodlik olib keladir! Buyuk Shohning shahridagi, Uning shimolidagi Sion tog‘i!
3Xudo Quddusning qo‘rg‘oni ichida turadi, Uning qal’asi bo‘lib, O‘zini namoyon etgan.