NUR

Zabur 26

Dovud sanosi.

1Egam nurim va najotimdir, Kimdan men qo‘rqardim?! Egam hayotimning qal’asidir, Kim meni qo‘rqita olar?!

2Tanasini g‘ajiylik, deb Yovuzlar mening ustimga bostirib kelganda, Ha, g‘animu dushmanlarim menga hujum qilganda, Qoqilib, yiqilib tushadilar.

3Hatto butun lashkar meni o‘rab olsa ham, Yuragimda aslo qo‘rquv paydo bo‘lmas. Hatto menga qarshi jangga otlansa ham, Ishonchim hech ham yo‘qolmas.

Nur ilovasida to'liq o'qish →