NUR
Zabur 16
Dovud ibodati.
1Ey Egam, haqli da’voimni eshit, Faryodimga e’tibor ber. Hiylasiz og‘zimdan chiqqan Ibodatimga quloq tut.
2Begunohligimni ko‘rsatgin Sen, Adolatni ko‘rsin ko‘zlaring.
3Hatto yuragimni taftish qilib, Tunda meni sinab ko‘rsang, Agar meni imtihon qilsang, Yomon niyatni menda topa olmasding. Og‘zim gunoh qilmas, qarorim shudir.