NUR
Zabur 143
Dovud sanosi.
1Egamga, suyangan qoyamga olqishlar bo‘lsin, U qo‘llarimni urushga, barmoqlarimni jangga o‘rgatgan.
2Egam mening suyangan qoyamdir, qal’amdir, U qo‘rg‘onim, xaloskorimdir. Ha, Egam mening qalqonim, Unda men panoh topaman, Xalqlarni U menga bo‘ysundiradi.
3Ey Egam, inson zoti kimdirki, unga e’tibor bersang! Bandalar kimdirki, ular haqda o‘ylasang!