NUR
Zabur 130
Dovudning ziyorat qo‘shig‘i.
1Ey Egam, yuragimda mag‘rurlik yo‘q, Ko‘zlarim aslo kiborlarcha boqmaydi. Menga g‘oyat hayratli bo‘lgan, buyuk ishlar bilan Men o‘zimni band qilmayman.
2Bola onasi bag‘rida tinchlanganday, Men ham yengil tortib, tinchlanganman. Ha, jonim tinchlangan.
3Ey Isroil! Hozir ham, abadulabad Egamizdan umid qilgin!