NUR

Zabur 126

Sulaymonning ziyorat qo‘shig‘i.

1Agarda uyni Egamiz qurmasa, Quruvchilarning ishi bekor bo‘ladi. Agar Egamiz shaharni qo‘riqlamasa, Qorovul behuda poyloqchilik qiladi.

2Erta turib, kech yotganingiz ham, Ovqat topay, deb tortgan mashaqqatingiz ham bekor. Egamiz O‘z sevganlarining ehtiyojini Uyqularida ham qondiradi.

3O‘g‘illar Egamizdan merosdir, Farzandlar Undan mukofotdir.

Nur ilovasida to'liq o'qish →