NUR

Zabur 1

1Shunday insonlar saodatlidir: Ular fosiqlar maslahatiga yurmaydi, Gunohkorlar yo‘lida ular turmaydi, Mazaxchilar orasida ular o‘tirmaydi.

2Ha, ular Egamizning qonunidan zavq oladi, Tunu kun ta’limotining mag‘zini chaqadi.

3Unday insonlar oqar suv bo‘yiga o‘tqazilgan Daraxtlarga o‘xshaydi. Ular o‘z mavsumida mevasini beradi, Barglari aslo qurimaydi. Ular neki qilsa, omadi keladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →