NUR
Filippiliklarga 4
1Shunday qilib, sevimli birodarlarim, sizlarga aytganlarim bo‘yicha, Rabbimiz Iso bilan bo‘lgan munosabatingizda mahkam turinglar. Azizlarim, men sizlarni juda sog‘indim. Sizlar mening quvonchimsiz, faxrimsiz!
2Evodiya va Sintixa, sizlardan iltimos qilaman, Rabbimiz haqi yakdil fikrda bo‘linglar.
3Ey vafodor hamkorim, sendan ham o‘tinaman, bu ayollarga yordam ber, chunki ular men bilan birga, Kliment hamda ismlari hayot kitobida yozilgan boshqa hamkorlarim qatori xushxabarni targ‘ib etishda ter to‘kdilar.