NUR
Sahroda 6
1Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: agar erkak yoki ayol ont ichib, o‘zini Egamizga nazr qilib bag‘ishlashga qaror qilgan bo‘lsa,
2u sharob va o‘tkir ichimliklardan o‘zini tiysin. Uzum sirkasini ham, boshqa o‘tkir ichimliklarni ham iste’mol qilmasin. Uzumdan tayyorlangan biror ichimlikni zinhor ichmasin. Mayizni va uzumni hech og‘ziga olmasin.
3U o‘zini nazr qilgan davr mobaynida uzumdan tayyorlangan biror narsani iste’mol qilmasin, hatto uzumning doni va po‘stlog‘ini ham og‘ziga olmasin.