NUR
Sahroda 21
1Nagav cho‘lida istiqomat qilayotgan Arod shohi: “ Isroil xalqi Otorim yo‘lidan kelyapti ekan”, degan xabarni eshitib jangga otlandi. Kan’on naslidan bo‘lgan bu shoh Isroil xalqi bilan jang qilib, ulardan bir nechtasini asir oldi.
2Bu voqeadan so‘ng Isroil xalqi Egamizga qasam ichib, shunday dedi: — Ey, Egamiz! Agar Sen shu xalqni bizning qo‘limizga bersang, ularning hamma shaharlarini butunlay vayron qilamiz.
3Egamiz Isroil xalqining iltijosini eshitib, Kan’on xalqini ularning qo‘liga berdi. Ular Kan’onliklarning o‘zlarini qirib tashlab, shaharlarini butunlay vayron qilishdi. Shuning uchun bu joyga Xo‘rmax, deb nom berildi.