NUR
Sahroda 10
1Egamiz Musoga aytdi:
2“Sen ikkita kumush karnay yasattir, karnaylar zarb urib yasalgan bo‘lsin. Bu karnaylar jamoani yig‘ish hamda yo‘lga chiqish vaqtini e’lon qilish uchun kerak bo‘ladi.
3Karnaylarning ikkalasi chalinganda, butun jamoa sening oldingga — Uchrashuv chodiri kiraverishi oldiga to‘plansin.