NUR

Naximiyo 9

1Yettinchi oyning yigirma to‘rtinchi kuni Isroil xalqi yana yig‘in qildi. Ular qayg‘udan qanorga o‘ranib, boshlaridan tuproq sochib, ro‘za tutdilar.

2Isroil nasli o‘zlarini hamma begonalardan ayirib oldilar, so‘ng o‘zlarining va ota–bobolarining gunohlari uchun tavba qildilar.

3Ular taxminan uch soat davomida tik turib, Egasi Xudoning Tavrot kitobidan o‘qilgan so‘zlarni eshitdilar. Keyingi uch soat davomida esa tavba qilib, Egasi Xudoga sajda qildilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →