NUR

Naximiyo 8

1Yettinchi oyda Isroil xalqi o‘z shaharlarida o‘rnashib olgandan keyin,butun xalq Suv darvozasi oldidagi maydonda to‘plandi. Ular tafsirchi Ezraga: “Isroil xalqiga Muso orqali Egamiz bergan Tavrotni olib keling”, deb aytdilar.

2Shunday qilib, yettinchi oyning birinchi kunida ruhoniy Ezra Tavrotni jamoa oldiga olib keldi. Erkagu ayol, esini tanigan hamma odam shu yerda edi.

3Ezra Suv darvozasining oldidagi maydonda sahardan peshingacha jamoaga Tavrotni o‘qib berdi. Jamiki xalq diqqat bilan quloq solib tingladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →