NUR

Naximiyo 6

1Sanballat, To‘viyo, Arabistonlik Gashim va boshqa dushmanlarimiz devorni qurib bo‘lganimni, devorda bironta ham o‘pirilgan joy qolmaganini eshitishdi. Lekin darvozalarning qanotlarini hali o‘rnashtirib bo‘lmagan edim.

2Shunda Sanballat va Gashim menga: “Kel, Ono‘ tekisligidagi qishloqlardan birida uchrashaylik”, deb xabar jo‘natishdi. Lekin ular menga shikast yetkazishga qasd qilayotgan edilar.

3Shuning uchun ularga xabarchilar orqali shunday javob berdim: “Men muhim ish bilan bandman, bora olmayman. Sizlarning oldingizga ketsam, ish to‘xtab qoladi!”

Nur ilovasida to'liq o'qish →