NUR
Naximiyo 11
1Xalq yo‘lboshchilari Quddusda o‘rnashib oldilar. Qolgan xalq esa qur’a tashladi, chunki har o‘nta xondadondan bittasi muqaddas Quddus shahriga ko‘chib borishi, qolgan to‘qqiztasi boshqa shaharlarda qolishlari kerak edi.
2O‘z xohishi bilan Quddusga ko‘chib bormoqchi bo‘lganlarning hammasini xalq duo qildi.
3Shunday qilib, Isroil xalqining ko‘pchiligi, ruhoniylar, levilar, Ma’bad xizmatchilari, Sulaymon qarollarining avlodlari Yahudo yurtidagi boshqa shaharlarda, o‘zlarining mulkida yashab qoldilar. Yahudo va Benyamin qabilalaridan ba’zilari esa Quddusda qaytadan uy–joy qildilar. Quddusda o‘rnashib olgan viloyat yo‘lboshchilarining ro‘yxati quyidagichadir: Yahudo qabilasidan: Quddusda Uzziyo o‘g‘li Otayox o‘rnashdi. Otayoxning nasabnomasi quyidagicha edi: Uzziyo — Zakariyoning o‘g‘li, Zakariyo — Emoriyoning o‘g‘li, Emoriyo — Shafatiyoning o‘g‘li, Shafatiyo — Maxaliyolning o‘g‘li, Maxaliyol Paraz naslidan edi.